
"Barselona" "Leyptsig" bilan muzokaralarni davom ettiradi
"Barselona" Dani Olmoni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Futbolchi bilan kelishib olingan, lekin "Leyptsig" hali rozi bo‘lgani yo‘q.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, Deku Olmo bo‘yicha nemislar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish uchun Germaniyaga uchib keldi. Bu muhim uchrashuv hisoblanadi, ya’ni ushbu transferni amalga oshish yoki oshmasligini yaqin kunlar ichida bilib olishimiz mumkin bo‘ladi.
Olmoning o‘zi ham "Barsa"ga o‘tishni istayotgani uchun rahbariyatni ko‘ndirishga intilmoqda. U kataloniliyaliklar bilan 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan.
Dani aslida "Barselona" akademiyasdan chiqqan bo‘lib, 2014 yili "Dinamo Zagreb"ga ko‘chib o‘tgan. Shundan keyin "Leyptsig" uni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Endilikda Ispan grandi unga 60 million evro atrofida bo‘lgan summa to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar