"Barselona" "Manchester Siti"ga o‘zaro futbolchi almashtirishni taklif qilmoqda
"Manchester Siti" klubi himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” Kanselu evaziga “shaharliklar”ga boshqa bir portugaliyalik himoyachi - Nelson Semeduni berishga tayyor.
25 yoshli Kanselu joriy mavsum “Manchester Siti” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. 26 yoshli Semedu esa “Barselona”da 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar