
"Barselona" MLS klubini mag‘lub etdi. Dembele yana gol urdi (videosharh)
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Barselona" klubi AQShdagi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. "Nyu-York Red Bulls"ga qarshi kechgan bahsda kataloniyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 40-daqiqasida Rafinyaning uzatmasidan keyin Dembele hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada Depay o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar