
"Barselona" muxlislari Pikening prezident bo‘lishini xohlashmoqda
"Barselona" klubi muxlislari jamoaning keyingi prezidenti himoyachi Jerar Pike bo‘lishini xohlashmoqda.
AS nashri o‘tkazgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra Pike klub prezidenti, Karles Puyol sport direktori, Xavi esa bosh murabbiy bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, “Barselona”ning amaldagi prezidenti Jozep Mariya Bartomeuning prezidentlik muddati 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, Pike “Barsa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida shu kungacha jami 29ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Fikrlar