"Barselona" muxlislari Xavining kelajagini hal qilishdi

  • 24 fevral, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"AS" nashri jurnalistlari kataloniyalik "Barselona" klubi muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Muxlislardan Xavi Ernandesning jamoa bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida so‘raldi.

Tecno

So‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 69,7 foizi murabbiy "ko‘k-anorranglilar" boshqaruvida qolishi kerak, deb javob berdi. Qolganlar mutaxassisni ishdan bo‘shatishni qo‘llab-quvvatladilar.

"Barselona" "Manchester Yunayted"ga umumiy hisobda 4:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Evropa ligasidan chiqib ketdi.

Xavi 2021 yilning noyabrida "Barsa" bosh murabbiyi lavozimini egallagandi. Ispaniyalik mutaxassisning mehnat shartnomasi muddati 2024 yil iyuligacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!