
"Barselona" Neymardan so‘ng eng qimmat sotuvni amalga oshirishi mumkin
"Nyukasl Yunayted" "Barselona"ga vinger Rafinya Diaz bo‘yicha taklif bilan murojaat qildi. Jurnalist Jerar Romeroning yozishicha, ingliz klubi braziliyalik uchun 80 million evro taklif qilgan.
Rafinya o‘tgan yozda "Lids"ga o‘tganidan beri "Barselona"dagi birinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Agar "Barselona" "Nyukasl"ning shartlariga rozi bo‘lsa, Rafinya Neymardan keyin klub tarixidagi eng qimmat sotuvi bo‘ladi.
26 yoshli vinger joriy mavsum Ispaniya chempionatida 31 uchrashuvda maydonga tushib, 7 bora raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va sheriklariga 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar