"Barselona" Neymarni qo‘lga kiritish strategiyasini o‘zgartirdi
“Barselona” rahbariyati hamon PSJdagi sobiq hujumchi Neymarni ortga qaytarishdan umidini uzmayapti. Bu haqda Diario Sport nashri ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar dastlab "Inter" forvardi Lautaro Martines va "Yuventus" xavbeki Miralem Pyanichning transferlarini hal qilib olmoqchi. So‘ngra “Barselona” tarkibdagi bir qator futbolchilarini sotib, 30 iyungacha100 million evro ishlab olmoqchi.
Bundan avvalroq PSJ Neymarni 180 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qilgan edi. Ammo, “ko‘k-anor ranglilar” ushbu narxni tushirishga urunib ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Neymarni 2017 yil 222 mln evro evaziga PSJga sotib yuborgan edi.

Fikrlar