“Barselona” Neymarni sudga berdi

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi rasmiy saytida yozilishicha, jamoa Neymarni sudga bergan.

Kataloniyaliklar Neymardan shartnoma shartlari bajarilmaganligi uchun 8,5 mln evro berishini talab qilmoqda. U o‘tgan yili “Barselona” bilan shartnomasini 2021 yilga qadar uzaytirgan edi. Shu bois, “Barselona” o‘sha vaqtda shartnomani uzaytirganligi uchun Neymarga berilgan bonus pulini qaytarib olmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!