
"Barselona"da Lautaro Martinesni qo‘lga kiritish uchun imkoniyat tug‘ildi
"Barselona" klubi yarim himoyachisi Artur Ramosga "Inter" va "Tottenxem" qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra A Seriya va APL klubi 23 yoshli braziliyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishmoqchi. “Neradzurrilar” hatto buning uchun kataloniyaliklarga argentinalik hujumchi Lautaro Martinesni berishga ham tayyor. Biroq, Artur “Barsa”ning sotilmaydigan futbolchilaridan hisoblanadi.
Artur joriy mavsum “Barselona” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar