
“Barselona” o‘z hujumchisi hizmatlarini Italiya grandiga taklif qildi
"Barselona" hujumchisi Memfis Depay faoliyatini Italiya A seriyasida davom ettirishi mumkin. Boisi, kataloniyaliklar gollandiyalik futbolchining xizmatlarini "Yuventus"ga taklif qildi, deb xabar berdi “Corriere dello Sport” nashri.
"Ko‘k-anorranglilar" murabbiylar shtabi o‘tgan yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Depayni yangi mavsum rejalariga kiritmagan. Kataloniyaliklar moliyaviy muammolarni hal qilishmoqchi va shuning uchun 28 yoshli futbolchini tezda sotishga qaror qilgan.
Manbaga ko‘ra, "Yuventus" ham Memfisga qiziqish bildigan. Chunki, yozda turinliklar safini ko‘plab futbolchilar tark etdi va klub ularni o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Depay o‘tgan mavsum "Barselona"ning barcha musobaqalar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar