"Barselona" o‘z maqsadiga erishish uchun pul topa olmayapti

  • 27 aprel, 2020, 19:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Inter" forvardi Lautaro Martinesni sotib olish uchun mablag‘ topishga qiynalyapti.

Sky Sport Italia nashriga ko‘ra, “neradzurrilar” argentinalik futbolchini uning shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 111 million evrolik tovon pulidan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Pandemiya davrida kelib chiqqan inqiroz tufayli “ko‘k-anor ranglilar” buncha mablag‘ni to‘lay olishmaydi. Shu bois “Barsa” rahbariyati Martinesning narxini tushirishga yoki uning transferiga biror bir futbolchisini qo‘shishga urinmoqda.

Lautaroning “Inter” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!