"Barselona" Poulino uchun ko‘p pul sarflamoqchi emas

  • 13 avgust, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” Xitoyning “Guanchjou Evergrand” klubi yarim himoyachisi Paulinoni iloji boricha kamroq xarajatlar evaziga qo‘lga kiritmoqchi.

Tecno

Qayd etish lozimki, kataloniyaliklar dastlab 29 yoshli braziliyalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 40 mln evro tovon pulini to‘lab sotib olishga kelishib olishgan edi. Biroq, “Barselona” rahbariyati soliqlarni kamaytirish maqsadida ushbu kelishuvni transfer sifatida amalga oshirishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Globoesporte nashri xabar berdi.

Endi “ko‘k-anor ranglilar” bu borada xitoylik hamkasblari bilan til topishishiga to‘g‘ri keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!