“Barselona” prezidenti maslahatchisi: Qarorlar doim "Real"ning foydasiga chiqariladi
“Barselona” klubi prezidenti maslahatchisi Karles Reshak jamoaning ashaddiy raqibi hisoblangan “Real” Madrid haqida gapirdi.
“Ba’zi jihatlarda "Real" bilan raqobatlashish mumkin emas... Chunki, shubha tug‘ilganda, qaror har doim ularning foydasiga bo‘ladi.
Hozir muxlislar Chempionlar ligasida g‘olib chiqishni xohlashadi, lekin bizning davrimizda bu turnir bu qadar katta ahamiyatga ega emasdi”, - deydi Reshak.
Ayni damda koronavirus tufayli to‘xtatib qo‘yilgan La Ligada "Barselona" peshqadamlik qilmoqda, "Real" esa 2-o‘rinda.

Fikrlar