"Barselona" qariyani o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamadi

  • 20 dekabr, 2022, 13:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Argentinalik yarim himoyachi Anxel di Mariya 2022 yilning bahorida Kataloniyaning "Barselona" klubiga o‘tishi mumkin edi. Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, "PSJ"dan erkin agent maqomida Turinga yo‘l olgan futbolchiga "ko‘k-anorranglilar" o‘z taklifini yuborgan va bu Anxelga ma’qul bo‘lgan.

"Barsa" bosh murabbiyi Xavi Ernandes ushbu transferni ma’qulladi, ammo rahbariyat murabbiyning qarorini qo‘llab-quvvatlamadi. Klub 34 yoshli futbolchini yoshi o‘tgani tufayli o‘z safiga qo‘shib olmoqchi emas edi. Shu sababli di Mariya Turinning "Yuventus" klubiga o‘tib ketdi.

Ma’lumot uchun, Anxel Argentina terma jamoasi safida Qatarda o‘tgan jahon chempionatida bosh sovringa ega chiqdi. Hal qiluvchi bahsda u Frantsiya darvozasiga muhim gollardan birini kiritdi va jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!