“Barselona” qimmatbaho futbolchisini MYuga beradigan bo‘ldi
“Barselona”ning frantsiyalik futbolchisi Usmon Dembele faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishga yaqin turibdi.
Kataloniyaliklar rahbariyati bosh murabbiy Kumanga kerak bo‘lmay qolgan hujumkor o‘yinchini manchesterliklarga taklif qilmoqda. O‘z navbatida, inglizlar bosh murabbiyi Sulsher hujumkor yarim himoyachiga jiddiy ehtiyoj sezmoqda va o‘zi orzu qilgan Jeydon Sanchoni qo‘lga kirita olgani yo‘q.
Bundan tashqari, “Manchester Yunayted” rahbariyati “Real”da o‘rnini yo‘qotgan Garet Beylni ham ko‘zlayotgan edi. Uelslik futbolchisi “Tottenxem”ga qaytib, o‘ziini hurmat qiladigan Joze Mourino qo‘l ostida o‘ynashni ma’qul ko‘rmoqda.
“Barselona” Dembeleni katta chegirma bilan 60 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Bu transferdan keladigan mablag‘ boshqa futbolchilarni olishga yo‘naltiriladi.

Fikrlar