
"Barselona" qishda Koutino uchun 120 mln evro taklif qilmoqchi
Kataloniyaning “Barselona” klubi vakillari qishda “Liverpul” yarim himoyachisi Filippe Koutinoning transferi borasidagi muzokaralarni davom ettirmoqchi.
Bir qator ispan nashrlarining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun mersisaydliklarga 120 mln evro tovon puli to‘lashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Koutinoning “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Ta’kidlash lozimki yozda ingliz klubi “Barsa”ning bu boradagi taklifini rad etgan edi.
Fikrlar