
"Barselona" qishda transfer qilmasligi sabablar oydinlashdi
"Barselona" qishgi transfer oynasi vaqtida futbolchilarni sotish bilan shug‘ullanmoqchi.
Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar avvaldan belgilab olgan yillik byudjetiga rioya qilishlari uchun 2020 yilning 30 iyungacha 124 million evrolik mablag‘ topishlariga to‘g‘ri keladi.
Buning uchun "Barselona" Felippe Koutinoni "Bavariya"ga 120 million evroga sotib yuborishni rejalashtirishmoqda. Shuningdek yarim himoyachilar Ivan Rakitich va Arturo Vidalning transferi ham istisno qilinmayapti.
Shu sababli "Barselona" qishda yirik xaridlarni amalga oshira olmaydi.
Fikrlar