
"Barselona" radarida 3 nafar top hujumchi!
"Barselona" qishki transfer vaqtida yangi hujumchi xarid qilmoqchi deya yozmoqda, "Marca" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, kataloniyaliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun 3 nafar forvard nomzodini ko‘rib chiqmoqda. "Barsa" Raxim Sterling, Timo Verner yoki Edinson Kavani bilan shartnoma imzolashga harakat qilib ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya klubi hujumchisi Serxio Aguero jarohat olib, noma’lum muddatga safdan chiqdi. Futbolchi yuragidagi muammolar sababli faoliyatini yakunlashi ham mumkin.
Fikrlar