"Barselona" Rakitichni yo‘qotdi

  • 12 noyabr, 2019, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich jarohati sabab safdan chiqdi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra endi Rakitich Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Slovakiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Xorvatiyaga yordam bera olmaydi.

“Jamoaga yordam berolmasligimdan afsusdaman. Ammo, jamoadoshlarim kerakli natijani qo‘lga kirita olishlariga ishonaman. Ular Slovakiyaga qarshi o‘tgan dastlabki bahsda mensiz g‘alaba qozonishgan. O‘ylaymanki ular yana bir bor buni uddalay olishadi. Men qalban ular bilanman”, - deydi Rakitich.

Ma’lumot uchun, Rakitich joriy mavsum “Barselona” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!