“Barselona” Reşford o‘rniga yosh futbolchi topdi
"Barselona" hujumchi Markus Reşfordni tarkibda olib qolmoqchi. Biroq, "Manchester Yunayted"ning futbolchining tovon puli bo‘yicha qat’iy pozitsiyasi muammo tug‘dirishi mumkin. Avvalroq, "qizil iblislar" 30 million evrodan pasaytirishga rozi bo‘lmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Transfer News Live nashrining jurnalist Aleish Garsiyaga tayanib xabar berishicha, "Barselona" "Manchester Yunayted" bilan Reşfordni arzonroq summaga sotib olish bo‘yicha kelisha olmasa, kataloniyaliklar "Lyon"dan Malik Fofanani o‘z saflariga qo‘shib olishga urinib ko‘rishadi.
20 yoshli Fofana nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 30 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar