
"Barselona" Semeduning narxini e’lon qildi
"Barselona" klubi o‘zining portugaliyalik himoyachisi Nelson Semeduning transfer narxini e’lon qildi.
Sport.es tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 26 yoshli futbolchini 50 mln evroga baholashmoqda. Ular Semeduni yozgi transferlar davrida sotishmoqchi va bu borada futbolchining agentini ham ogohlantirishgan.
Ma’lumot uchun, “Barselona” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 101 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning ayni damdagi transfer narxi esa 40 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar