“Barselona”: Sen zudlik bilan ketishing kerak!

  • 27 iyun, 2021, 17:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati va himoyachi Samuel Umtiti o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib bormoqda.

Kataloniyaliklar rahbariyati jamoaga foydasi tegmayotgan futbolchidan tezroq qutilmoqchi va frantsiyalik futbolchiga o‘ziga tezroq yangi jamoa topish vazifasini yuklagan. Biroq, Umtiti ketishga shoshilayotgani yo‘q va 2023 yilning yozigacha amal qiladigan kelishuvni oxirigacha yakunlamoqchi.

Bundan tashqari, qaysar himoyachi maoshini kamaytirish taklifini ham qabul qilmadi.

Klub xo‘jayinlari agar Umtiti vaziyatni o‘zaro kelishgan holda hal qilmasa, u bilan amaldagi shartnomani bekor qilishini uqtira boshladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!