"Barselona" shu hafta oxirigacha "Siti" futbolchisini sotib olmoqchi
"Barselona" rahbariyati hamon "Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiyaning transferi ustida ish olib bormoqda.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, kataloniyaliklar 19 yoshli futbolchining transferini shu hafta oxirigacha ijobiy hal qilishni maqsad qilgan. Erikning ham o‘zi tarbiya topgan klubga qaytishga tayyor.
Bundan avvalroq “Barsa” Garsiya uchun 10 mln evro taklif qilayotgani, “Siti” esa 23 million so‘rayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Erik Garsiya o‘tgan mavsum “Manchester Siti” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar