“Barselona” sobiq futbolchisi 21 yoshli futbolchiga “Real”ga o‘tmaslikni maslahat berdi
Ispaniyaning “Barselona” klubi sobiq futbolchisi Kristian Telo bir necha kun oldin “Betis” safiga o‘tgani haqida xabar bergan edik. Telo yangi jamoadoshi Dani Sebalosga “Real” xamda “Barselona” qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi va unga maslahat berdi
“Men Sebalos bilan suxbatlashmadim. Biroq unga “Barselona”ga o‘tishni maslahat berar edim. Kataloniyada “Real”ga nisbatan muvaffaqiyatga erishish engil kechadi”, – deb aytib o‘tdi “ko‘k-anor ranglilar”ning sobiq futbolchisi.
Sebalosning o‘zi bu borada hozircha sukut saqlamoqda. U hozirda xordiq chiqarmoqda va ta’tildan so‘ng qaror chiqarishini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar