"Barselona" sobiq ustozi "Atletiko"ni boshqarishi mumkin

  • 2 noyabr, 2022, 18:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Chempionlar ligasining guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Seshanba kuni mehmonda “Portu”dan mag‘lub bo‘lgan (1:2) “matraschilar” kvartetda so‘nggi o‘rinni egalladi va hatto Evropa Ligasi yo‘llanmasidan ham mahrum bo‘ldi.

Tecno

OAVda "Atletiko" rahbariyati bosh murabbiy sifatida Diego Simeoneni ishdan bo‘shatishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. "El Chiringuito TV" xabariga ko‘ra, "Barselona" sobiq ustozi Luis Enrike "matraschilar" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin. Manbaga ko‘ra, Madrid klubi allaqachon Enrikega aloqador bo‘lgan shaxslar bilan bog‘langan.

Luis Enrike ayni damda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi. Uning "qizil furiya" bilan shartnomasi shu yilning oxiriga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Diego Simeone “Atletiko”ni salkam 11 yildan beri boshqarib keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!