
"Barselona" sobiq yulduzini ortga qaytarmoqchi
"Atletiko" Madrid hujumchisi Luis Suares tez orada boshqa klubga o‘tishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi mavsum so‘ngida jamoani tark etadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi iyun oyida yakuniga etadi.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, "Barselona" sobiq hujumchisi atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda. Suares o‘zi uchun qadrdon klubga qaytishga qarshi emas. Unga MLSning "Inter Mayami" jamoasi ham da’vogar.
Avvalroq, "matraschilar" safini Kiran Tripper tark etgandi.
Fikrlar