
"Barselona" tarkibida yana bir yo‘qotish
"Barselona" futbolchisi Ansu Fati mashg‘ulotlar paytida tizzasidan jarohat oldi. Vinger qachon safga qaytishi aniq emas, lekin mish-mishlarga ko‘ra, u katta ehtimol bilan yaqinlashayotgan "el-klassiko"ni o‘tkazib yuboradi.
Fati so‘nggi yillarda ko‘p safdan chiqadigan futbolchiga aylanib qoldi. Bu uning darajasini pasayishiga ham sabab bo‘lmoqda. 20 yoshli ispan ushbu mavsum jamoasi safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
"Barsa" safida yo‘qotishlar etarli. Ayni damda Pedri va Dembeledek muhim o‘yinchilar klubga yordam bera olmayapti.
Fikrlar