"Barselona" tarkibni "Inter" himoyachisi bilan kuchaytirishi mumkin
"Inter"ning frantsiyalik himoyachisi Benjamen Pavar faoliyatini boshqa nufuzli chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining agenti Pini Zaxavi Kataloniyaning "Barselona" vakillari bilan 29 yoshli himoyachining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Pavarning transfer narxi taxminan 25 million evroga baholanmoqda.
Futbolchining italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyining oxirigacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda Benjamen A Seriyada 23 ta o‘yin o‘tkazdi.



Fikrlar