"Barselona" uch futbolchini kutyapti

  • 19 oktabr, 2020, 11:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuman qishki transferlar vaqtida o‘zi anchadan buyon Kataloniyada kutayotgan uch futbolchini olishga harakat qilayotganini tasdiqladi.

Tecno

Niderlandiyalik mutaxassis “Barselona”ga kelgan paytidagi fikrini o‘zgartirgani yo‘q. U klub rahbarlaridan o‘z hamyurtlari – Jordino Veynaldu, Memfis Depay va “Barselona” tarbiyalanuvchisi Erik Garsiyani olishni talab qilmoqda.

Yozgi transferlar vaqtida klub yuqoridagi futbolchilar transferini amalga oshirishga ulgurmadi. Bunga ko‘proq kataloniyaliklarning moliyaviy ahvoli sabab bo‘ldi.

Ishda vaziyat o‘zgaradi. Chunki mavsum oxirida uchala futbolchining o‘z jamoalari bilan shartnomalari yakunlanadi va qishki transfer vaqtida ularni tekinga olish bo‘yicha kelishuvga erishish imkoniyati yuqori bo‘ladi.

Shuningdek, qishda Usmon Dembele, Martin Breytueyt va Antuan Grizmann boshqa jamoalarga sotib yuborilishi yoki ijaraga berilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!