
"Barselona" uchun etarlicha boshog‘riq paydo bo‘ldi
"Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines Evropa grand klublarini o‘ziga qaratishda davom etmoqda.
ESPN nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi uchun "Pari Sen-Jermen" klubi da’vogar klublar safiga qo‘shildi. Bungacha Martines xizmatlariga "Barselona", "Real" va MYu klublari qiziqish bildirishayotgan edi.
Oldiinroq, matbuotda Martines uchun kurashda "Barsa" etakchi sifatida tilga olinayotgan edi. Biroq parijliklarning futbolchi uchun kurashga qo‘shilgani kataloniyaliklar uchun etarlicha boshog‘riq to‘g‘dirishi mumkin ekan.
"Inter" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadigan Martines joriy mavsumda A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol kiritishni uddalagan.
Fikrlar