"Barselona" va "Atletiko"ning transfer maqsadlari kesishdi
Marokash terma jamoasi safida "JCh-2022"da porlagan "Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabat boshqa bir ispan top klubining qiziqish doirasiga tushib qoldi. 26 yoshli futbolchiga "Barselona"dan tashqari Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirmoqda.
"Todofichajes" nashrining xabar berishicha, "matraschilar" yozda maydon markazini mustahkamlamoqchi. Amrabat ispan klubining asosiy maqsadi hisoblanadi.
"Fiorentina" yarim himoyachini taxminan 40 million evroga sotishga tayyor. Uning "binafshalar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Italiya chempionatining joriy mavsumida Amrabat 18 ta uchrashuvda qatnashdi.

Fikrlar