"Barselona" va "Inter" futbolchilarini o‘zaro almashishi mumkin, faqat...

  • 16 yanvar, 2023, 19:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barsa" o‘z futbolchisi Memfis Depayni "Inter" yarim himoyachisi Xoakin Korreaga almashishga yaqin turibdi. Bitim faqat "Barselona" hujumchisi ketishga rozi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Avvalroq, Kataloniya klubi niderlandiyalik hujumchi borasida Madridning "Atletiko" klubi bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi. 28 yoshli forvard qishda "Barsa"dan ketishga qaror qilgan.

Joriy mavsumda Depay "ko‘k-anorranglilar" safida barcha turnirlarda 4 ta o‘yinda bitta gol urdi. Umumiy hisobda u maydonda 206 daqiqa o‘tkazdi.

Korrea "Inter" safida barcha musobaqalarda 21 o‘yinda 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!