
"Barselona" va "Real" "Atletiko"ga tan berdi
La Ligada 2020/21 yilgi mavsum o‘z nihoyasiga etdi. "Atletiko" jamoasi 38 o‘yinda 85 ochko jamg‘argan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi turning oxirga soniyalariga qadar g‘oliblik uchun kurash olib borgan "Real" klubi "matraschilar" va mazkur jamoa muxlislarini birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritilgan yutuq bilan tabrikladi.
Chempionlik uchun kurashdan ikki tur oldin chiqqan "Barselona" ham Diego Simeone jamoasini tabrikladi.
Fikrlar