“Barselona” va “Yuventus” “Real” nishonidagi futbolchini ilib ketmoqchi

  • 10 iyun, 2022, 19:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Yuventus" va "Barselona"ning qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda “Sport Bild” nashri xabar bermoqda.

Tecno

Avvalroq, Gyundogan mavsum yakunida “Manchester Siti”ni tark etishi mumkinligiga shama qilgan edi. Shu sabab Italiya va Ispaniya grandlari futbolchiga rasmiy taklif jo‘natish haqida o‘ylamoqda.

Ammo klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola nemis futbolchisi yozda klubini o‘zgartirmoqchi ekanligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi. Shuningdek, oldinroq Germaniya terma jamoasi futbolchisini “Real” ham sotib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Gyundogan “Manchester Siti”ga 2016 yilning yozida Dortmundning “Borussiya” klubidan kelib qo‘shilgan edi. Nemis futbolchisi Xosep Gvardiola qo‘l ostida "shaharliklar" bilan Angliya Premer-ligasida 4 marta g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!