
"Barselona" yana bir transferdan quruq qoldi
Federiko Keza "Barselona"ga o‘tmaydi.
"Marca" xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi "Yuventus" vingerini transfer oynasi yopilishidan oldin o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganayotgan edi. Biroq, ayni damda bu variant bir qancha sabablarga ko‘ra rad etilgan. Asosiy sabab - moliyaviy feyr-pleydir.
Kezaning transferi uchun kataloniyaliklar futbolchining maoshini hisobga olmaganda, taxminan 12 million evro to‘lashlari kerak edi. "Barsa" bunday xarajatlarni ko‘tara olmaydi.
Qolaversa, "Barselona"ning hujum chizig‘i yaxshi futbolchilarga ega deb hisoblanmoqda.
Fikrlar