"Barselona" yangi futbolchisini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi
"Barselona" jamoaning yangi hujumchisi Markus Reshfordni ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda La Liga rasmiy sayti xabar bermoqda. Shuningdek, angliyalik futbolchi "ko‘k-anorranglilar"ning 16 avgust, shanba kuni bo‘lib o‘tadigan Ispaniya La Ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Malorka"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilgan.
Kataloniya klubi 23 iyul kuni Reshfordning "Manchester Yunayted"dan ijaraga o‘tganini e’lon qildi. Futbolchining "ko‘k-anorranglilar" bilan ijara shartnomasi muddati 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha tuzilgan va sotib olish imkoniyatini nazarda tutadi.
"Malorka" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yin "Malorka Son Moix" stadionida bo‘lib o‘tadi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da yangraydi.
Fikrlar