“Barselona” yanvarda olinadigan futbolchilar nomini e’lon qildi

  • 26 yanvar, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada qishki transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun qoldi. Shunga qaramay, “Barselona” ikkita futbolchini qo‘lga kiritmoqchi.

Tecno

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, Xavi o‘z jamoasida “Atletiko”ga tegishli bo‘lgan lekin ayni paytda “Yuventus” sharafini himoya qilayotgan hujumchi Alvaro Morata va “Ayaks” himoyachisi Nikolas Talyafikoni qo‘shib olishni mo‘ljallayapti.

“Barselona”ga bu ikki transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Massimiliano Allegri “yuventus”da hujumchilar tanqisligi kuzatilayotgani bois Morataning ketishiga ruxsat bermayapti.

O‘z navbatida, “Ayaks” ham argentinalik himoyachisini Kataloniyaga ijaraga jo‘natishdan bosh tortdi. Hozir, Talyafikoning o‘zi klub xo‘jayinlarini uni Ispaniyaga qo‘yib yuborishga ko‘ndirish bilan band.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!