
"Barselona" Yaponiyadagi o‘yinni bekor qildi, Janubiy Koreyadagi bahslar ham xavf ostida
"Barselona" klubi Osiyo safari doirasida 27 iyul kuni Yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasiga qarshi o‘tkazilishi kerak bo‘lgan o‘yinni bekor qilganini rasman ma’lum qildi.
Kataloniyaliklar ushbu qarorga kelishlariga tashkilotchi tomonidan shartnoma qoidalarining jiddiy buzilishi sabab, bo‘lganini ma’lum qilgan.
Shuningdek, klub Janubiy Koreyadagi rejalashtirilgan o‘yinlar taqvimi ham qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ta’kidladi. Buning uchun tashkilotchilar o‘z zimmasiga olgan muayyan majburiyatlarni bajarishi lozim.
Ayni vaqtda "Barselona" 31 iyul kuni "Seul" va 4 avgust kuni "Tegu" jamoalariga qarshi bahslar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Fikrlar