"Barselona" yosh iqtidor egasini sotib oladi

  • 23 iyun, 16:41
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Runi Bardejining "Barselona"ga o‘tish shartlari ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq, insayder Fabritsio Romano kataloniyaliklar "Kopengagen"ning 19 yoshli qanot hujumchisi transferini yakunlashga yaqin ekanini xabar qilgan edi.

Tecno

Klublar kelishuvni kelgusi hafta, iyul oyi boshida amalga oshirishni rejalashtirmoqda. "Barsa" futbolchini 2,5 million evroga sotib oladi, daniyaliklar esa qayta sotish summasining 15 foizini olish huquqini saqlab qoladi.

O‘tgan yilgi mavsumda Bardeji Daniya oliy ligasida tizzasidagi xochsimon payining uzilishi tufayli atigi 5 ta o‘yin o‘tkazdi, 2023/24 yilgi mavsumda esa 23 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!