"Barselona"da qishda "rasprodaja" bo‘ladi!

  • 20 dekabr, 2021, 15:55
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" qishki transfer oynasida bir necha futbolchisini sotib yuborishi mumkin.

Kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzmaslik uchun yulduzlarni qo‘yib yuborishga ham tayyor. Klub xodimlari Filippe Koutino, Samuel Umtiti, Neto, Lyuk de Yong va Serjino Dest kabi futbolchilarga xaridor izlash bilan band.

Yuqorida nomi keltirilgan o‘yinchilar bosh murabbiy Xavining rejalariga kirmaydi. Shuningdek, Koutino, Umtiti va Neto yuqori maosh tufayli ham "ko‘k-anorranglilar"ga ortiqchalik qilmoqda.

Lyuk de Yong faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettirgan taqdirda, mavsumning qolgan yarmi uchun ijara pulini "Sevilya"ga o‘sha klub to‘lashi lozim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!