
Lautaro Martines ishi: Janob Bartomeu, yana 10 mln qo‘shvoring!
“Inter” futbolchisi Lautaro Martinesning “Barselona” transferi yakuniy bosqichga keldi. Ayni paytda kataloniyaliklar argentinalik futbolchi uchun tegishli mablag‘ni o‘tkazib bersa bo‘ldi. Biroq, aynan mana shu jarayon sal qiyin kechmoqda.
Sababi, 22 yoshli futbolchi shartnomasi uni qo‘yib yuborish uchun 111 million evro tovon puli ko‘rsatilgan. Tabiiyki, “Barsa” hozirgi sharoitda buncha pul bermaydi va 80 million taklif qilmoqda.
Lautaroning o‘zi esa Kataloniyaga ketishga oshiqmoqda.
Nihoyat, “Inter” rahbariyati futbolchi transfer narxidan ozgina o‘tib berishga qaror qildi va “Barselona”dan 90 million evro talab qilayotir. Bundan tashqari milanliklar “Barsa”ning yana bir futbolchi yuborishini so‘rashgan. Katta ehtimol bilan, milanliklar kutayotgan futbolchi Nelson Samedu yoki Firpo bo‘ladi.
Fikrlar