
"Barselona"ga o‘tishni xohlagan futbolchini APL klubi olib ketmoqchi
"Atletik" jamoasining qanot hujumchisi Niko Uilyams Londonning "Arsenal" klubi a’zosiga aylanishi mumkin.
"Diario Sport" nashrining xabariga ko‘ra, "Arsenal" rahbariyati 22 yoshli futbolchiga yillik to‘qqiz million evro maosh taklif qilishga tayyor, bunday taklif futbolchi uchun "Barselona" va "Atletik" jamoalarnikidan manfaatliroq.
Joriy mavsumda Niko barcha musobaqalarda jami 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 11 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi va 7 ta golga uzatma berdi.
Ispaniyalik futbolchining "Atletik" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. Nufuzli "Transfermarkt" portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining transfer narxi 70 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar