"Barselona"ga vaqtincha yangi prezident tayinlandi

  • 28 oktabr, 2020, 22:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" ning strategik iqtisodiy komissiyasining raisi Karles Tusket vaqtinchalik klub prezidenti bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Bundan tashqari, iqtisodiy komissiya va intizom qo‘mitasi a’zolari orasidan vaqtinchalik kengash tayinlandi.

“Barselona”ning amaldagi prezidenti Jozep Bartomeu kecha 27 oktyabr kuni o‘z xohishiga ko‘ra iste’foga chiqqan edi.

Yaqinda yangi direktorlar kengashini shakllantirish uchun saylov o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!