“Barselona”ni kuchaytiradigan futbolchi keladi

  • 27 fevral, 2021, 21:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yozgi transferlar vaqtida Luis Suaresni ketkazib yuborganidan keyin birorta yangi hujumchi olmadi. Ronald Kuman kutgan Memfis Depayning transferi ham o‘xshagani yo‘q.

Tecno

Endi Kataloniya klubi mutasaddilari boshqa hujumchini olishni ko‘zlamoqda. “Barsa” nishonida shvetsiyalik hujumchi Aleksander Isak bor. Ayni paytda 21 yoshli futbolchi primerada “Real Sosedad” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Jismonan baquvvat bu futbolchi ikki mavsumdan beri Ispaniya chempionatida yuqori saviyada to‘p tepmoqda. Isak shu paytga qadar 57 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 21 marta aniq nishonga olishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!