
"Barselona"ning 2 nafar futbolchisi terma jamoalari safida jarohat oldi
Kataloniyaning "Barselona" klubi terma jamoa ixtiyorida bo‘lib turgan 2 nafar futbolchisini ma’lum muddatga yo‘qotdi.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Serbiyaga (4:2) qarshi o‘yinda tovonidan jarohat olgan. Biroq, o‘yindan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar uning jarohati u qadar jiddiy emasligini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari xuddi shu tashxis bilan frantsiyalik himoyachi Samuel Umtiti ham jarohat olgan.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” o‘zining navbatdagi uchrashuvini 15 sentyabr kuni “Valensiya”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar