"Barselona"ning 3 nafar futbolchisi "Sevilya"ga qarshi markaziy bahsni o‘tkazib yuboradi

  • 18.06.2020 17:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi murabbiylar shtabi La Liganing 30-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi mehmondagi bahs uchun jamoa qaydnomasini e’lon qildi.

Ammo, himoyachi Samyuel Umtiti va yarim himoyachilar Serxi Roberto hamda Frenki de Yong ushbu qaydnomaga kiritilmadi. Frantsiyalik futbolchi diskvalifikatsiya tufayli, ispaniyalik va gollandiyalik futbolchilar esa jarohati sabab bu turni o‘tkazib yuboradi.

Eslatib o‘tamiz, "Sevilya" - "Barselona" uchrashuvi 19 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!