
"Barselona"ning 3 ta futbolchisi "Arsenal" "nishonida"!
Diario Sport nashri xabariga ko‘ra, "Arsenal" bir vaqtning o‘zida "Barselona"ning 3 nafar futbolchisiga qiziqib qoldi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi braziliyalik darvozabon Neto, ispaniyalik yarim himoyachi Rikard Puch va niderlandiyalik hujumchi Memfis Depayga qiziqish bildirmoqda. Kelishuvga "kanonirlar"ning braziliyalik himoyachisi Gabriel Magalyaes ham kiritilishi mumkin.
O‘z navbatida "Barselona" ham "Arsenal" braziliyalik futbolchisiga qiziqish bildirishi mumkin, chunki kataloniyaliklar yozda frantsiyalik himoyachilar Samuel Umtiti va Kleman Lengle bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
28 yoshli Depay joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. 22 yoshli Puch 14 uchrashuvda bitta gol urdi. 32 yoshli Neto 3 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi. 24 yoshli Magalyaes hisobida 30 ta o‘yinda 3 ta gol bor.
Fikrlar