
"Barselona"ning muhim futbolchisi "Real"ga qarshi o‘ynamaydi
Rafinya "Barselona"ga Ispaniya Superkubogi doirasidagi "Real"ga qarshi bellashuvda yordam bera olmaydi.
Kecha bo‘lib o‘tgan Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Osasuna"ga qarshi uchrashuvning 42-daqiqasida braziliyalik sonidan jarohat olgan.
Kataloniya klubining ma’lum qilishicha, uning son mushaklari shikastlangani aniqlangan. Uning 14 yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan "Real"ga qarshi bellashuvda o‘ynamasligi aniq. Futbolchining o‘rni uchun Ferran hamda Yamal kurash olib boradi.
Fikrlar