"Barselona"ning tajribali hujumchisi yozda jamoani tark etishi mumkin
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumdan so‘ng klubdan ketishi ehtimol qilinmoqda. 37 yoshli futbolchining shartnomasi kelasi yilning yozida tugaydi. Aytishlaricha, kataloniyaliklar kelishuvda 2027 yilgacha avtomatik uzaytirish bandi mavjud bo‘lishiga qaramay, shartnomani yangilash niyatida emas.
"Diario Sport"ning xabariga ko‘ra, Levandovski avvalo klubning yakuniy qarorini kutmoqchi. U o‘z kelajagi borasida qaror qabul qilguncha boshqa jamoalar bilan muzokara boshlamaydi. Hujumchi "Barselona"ning hamkorlikni davom ettirish istagi bor-yo‘qligini aniq bilgandan so‘nggina keyingi qadamlarini belgilaydi.
So‘nggi paytda Levandovskining Saudiya Arabistoniga yo‘l olish ehtimoli yana tilga olinmoqda. Biroq hozircha tajribali forvardning Evropani tark etishga qanchalik tayyor ekani aniq emas.



Fikrlar