"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Messi haqida nimalar dedi?
"Barselona"ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Men Messini ko‘ndirish masalasida u bilan gaplashamanmi, yo‘qmi buni bilmayman. U – dunyoning eng yaxshi futbolchisi va siz hamisha jamoangizda eng zo‘r futbolchilar o‘ynashini xohlaysiz. Shaxsan men Messi bilan bajonidil ishlagan bo‘lardim. U klubga g‘alabalar olib keladi. Agar u jamoada qolishga qaror qilsa, men bundan juda ham xursand bo‘lgan bo‘lardim”, - deydi gollandiyalik mutaxassis.
“Barselona”da yuzaga kelgan inqirozdan so‘ng Messi jamoadan ketishi haqida juda ko‘p xabarlar chop etilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar